Tadbirkorlarning qonun talablariga mos o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari noqonuniy buzilsa, 1100 qisqa raqami orqali biznes ombudsmanga murojaat qilishga chaqirildi.
Toshkent shahri hokimi noqonuniy tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Reklama konstruksiyalari uchun joylar “Tashqi reklama” tizimi orqali ajratiladi.
“Gazeta.uz” maqolasidan bir necha soat o‘tib, Toshkentning Amir Temur xiyoboni yonidagi reklama konstruksiyasi demontaj qilindi. Avvalroq u yerda reklama joylashtirish noqonuniy ekani, sababi yaqin atrofda madaniy meros obyektlari borligi haqida yozgandik. Holatga rasmiy izoh berilganicha yo‘q. Foto.
Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni oldidagi ajratuvchi orolchalarga reklama konstruksiyalari o‘rnatilmoqda, holbuki madaniy meros obyektlari yonida bunday qurilmalarni o‘rnatish taqiqlangan (xiyobonda yettita madaniy meros obyekti bor). Konstruksiyalar binolar manzarasini to‘sadi va haydovchilarga xalal beradi.
O‘zbek biznesi tashqi reklamani sevadi: qichqiriq banner va ko‘zni qamashtiruvchi LED-monitorsiz ishlab bo‘ladimi?! Afsuski, Toshkent o‘z arxitekturasi, daraxtlari va aholisining reklamaga yem bo‘lishiga qo‘yib bergan. Poytaxt qanday qilib afisha va monitorlarga taslim bo‘lgani — bizning fotosharhimizda.
Raqamli rivojlanish departamenti Toshkentdagi tashqi reklamani nazoratga olmoqchi. Minglab reklama konstruksiyalarining egalari to‘lov qilmayapti. Muammo nimada, reklama dizayn-kodi qanday bo‘lishi va Toshkentni qay tariqa ko‘zni quvontiruvchi shaharga aylantirish mumkin — “Gazeta.uz” shu savollarga javob izladi.
Yil boshidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 1300 dan ortiq daraxtlarga reklama o‘rnatish holatlarini aniqlagan. «Reklama to‘g‘risida"gi qonun va hukumat qaroriga muvofiq, daraxtlarga reklama joylashtirish taqiqlanadi.
Toshkentda reklama bannerlarining buzilishi masalasini o‘rgangan biznes-ombudsman poytaxt xalq deputatlari kengashining bu to‘g‘risidagi qarorining loyihasi adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganligini aniqladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi reklama konstruksiyalari ommaviy ravishda buzib tashlanayotganiga izoh berar ekan, ularning yarmi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi. Qo‘mita barcha tomonlarni qonun talablariga rioya qilishga chaqirdi. Tadbirkorlar esa tashqi reklama obyektlari demontaji, hukumat qarorida ko‘rsatilganidek, sud qaroridan so‘ng amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlashmoqda.
8 apreldan boshlab Toshkent shahrida reklama qurilmalarini ommaviy buzib tashlash ishlari olib borilmoqda. Tadbirkorlar 300ga yaqin bilbordlarni demontaj qilgan hokimiyat vakillarining harakatini noqonuniy ekanligini aytmoqda va ushbu qarorni asoslab berishni talab qilmoqda. Biznes-ombudsman vaziyatni o‘rganishga kirishdi. “Gazeta.uz” tadbirkorlar va Reklama industriyasi milliy assotsiatsiyasi bilan gaplashdi.
Toshkent shahrida tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi. Ushbu taqiq 1-apreldan 31-dekabrga qadar amal qiladi va u tashqi reklama konstruksiyalarida joylashgan reklamaga taalluqli emas.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting